Jinoyatçilik va huquqbuzarliklar har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsir kōrsatuvçi ijtimoiy hodisalar hisoblanadi. Ular fuqarolarning huquq va erkinliklariga, jamoat xavfsizligiga hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazadi. Şu sababli jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş davlat siyosatining muhim yōnalişlaridan biri hisoblanadi.
Jinoyatçilik – muayyan hududda va muayyan vaqt davomida sodir etilgan jinoyatlar yiḡindisi bōlib, u jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va maʼnaviy holatini aks ettiradi.
Huquqbuzarlik esa qonun hujjatlari talablarini buzuvçi, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazuvçi ḡayriqonuniy xatti-harakat yoki harakatsizlik hisoblanadi.
Jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning kelib çiqiş sabablari
- Işsizlik va iqtisodiy muammolar;
- Aholining huquqiy madaniyati pastligi;
- Oilaviy muhitdagi nosoḡlom munosabatlar;
- Spirtli içimliklar va giyohvand moddalar isteʼmoli;
- Yoşlar tarbiyasidagi kamçiliklar;
Jinoyatçilikning oldini olişning huquqiy asoslari
- Ōzbekiston Respublikasi Konstitusiyasi;
- Ōzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi;
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi tōḡrisidagi Qonun;
- Maʼmuriy javobgarlik tōḡrisidagi kodeks;
Jamoat xavfsizligi sohasiga oid boşqa normativ-huquqiy hujjatlar, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralari
Huquqiy tarbiyani kuçaytiriş, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltiriş jinoyatçilikning oldini olişda muhim ahamiyatga ega. Buning uçun taʼlim muassasalarida huquqiy bilimlarni keng tarḡib qiliş zarur.
Yoşlar bilan işlaş, yoşlarning bōş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş, ularni sport va madaniy tadbirlarga jalb qiliş huquqbuzarliklarning kamayişiga xizmat qiladi.
Ijtimoiy muhofaza çoralarini kuçaytiriş, işsizlikni qisqartiriş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş va ijtimoiy qōllab-quvvatlaş çoralarini kuçaytiriş jinoyatçilik omillarini kamaytiradi.
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini takomillaştiriş, profilaktika inspektorlari, içki işlar organlari va boşqa vakolatli taşkilotlarning hamkorligini kuçaytiriş huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlaş imkonini beradi.
Profilaktikaning ahamiyati, jinoyatçilikka qarşi kuraşişda jazodan kōra profilaktika muhimroq hisoblanadi. Çunki profilaktika orqali jinoyat sodir etilişiga olib keluvçi sabab va şart-şaroitlar bartaraf etiladi. Bu esa jamiyatda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlaşga xizmat qiladi.
Xulosa ōrnida şuni taʼkidlaş lozimki Jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş davlat va jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada huquqiy tarbiyani kuçaytiriş, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltiriş, yoşlar bilan manzilli işlaş va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini takomillaştiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktika çoralarining samarali amalga oşirilişi jamiyatda qonun ustuvorligi va jamoat xavfsizligini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Jinoyat işlari bōyiça
Denov tuman sudining raisi: S.Bōtayev