XALQARO HAMKORLIKLAR

Maʼlumki, DTPI delegatsiyasi Hindistonda bōlib qaytdi. Delegatsiyamiz aʼzolari Kelkar ilmiy-tadqiqot markazidagi uçraşuvlardan sōng Hindistonning Raipur şahrida joylaşgan Indira Gandi Krişi Vishwavidyalaya Universitetiga taşrif buyurişdi. Taʼkidlaş joizki, 2025-yil 17-aprel kuni Hindistonning Ōzbekistondagi elçisi Smita Pant xonim institutimizning 5 yilligi yubileyiga taşrifi doirasida mazkur universitet bilan onlayn hamkorlik memorandumi (MoU) imzolagan edi. Unga kōra taşrif davomida muhim natijalar qayd etildi hamda ikki tomonlama hamkorlik doirasida qōşma loyihalar imzolandi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi hamkorlik bosqiçi 🏛 Bugun institutimizga Indoneziyaning Pendidikan universitetidan nufuzli mehmonlar taşrif buyurişdi: Prof. Dr. Julia, M.Pd. (Boşlanḡiç taʼlim fakulteti professori va kafedra mudiri), Dr. Indra Safari, M.Pd. (Jismoniy tarbiya fakulteti ōqituvçisi va akademik işlar bōyiça direktor ōrinbosari), Dr. Tedi Supriyadi, S.H.I., M.Ag. (Boşlanḡiç taʼlim fakulteti ōqituvçisi, diniy pedagogika mutaxassisi)
Ōzbekiston turizmi Xitoy sahnasida: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori xalqaro kōrgazmada.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamkorlik doirasini kengaytirmoqda! Institutimiz va Kaliforniya Davlat universiteti (AQŞ) ōrtasida hamkorlik şartnomalari imzolandi. Maʼlumot ōrnida, ayni paytda Ilmiy işlar va innovatsiyalar bōyiça prorektor R. Şukurov AQŞda bōlib, uşbu tarixiy kelişuvni amalga oşirmoqda. Talabalar almaşinuvi, ilmiy loyihalar, qōşma seminarlar va yana kōplab imkoniyatlar sizni kutmoqda!

Hindistonning Ōzbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Smita Pant xonim rasmiy taşrif buyurdi. Elçi xonim iştirokida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Hindistonning Indira Gandhi Krişi Vishwavidyalaya (Raipur) universiteti bilan ōzaro hamkorlik memorandumi imzoladi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bōlib ōtayotgan “Sunʼiy intellekt va kompyuter texnologiyalari: amaliyot, tajriba, muammo va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bōlib ōtdi.

25-aprel kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Sotim Uluḡzoda nomidagi Tojikiston Xalqaro Çet Tillar Universiteti ōrtasida ōzaro anglaşuv va hamkorlik tōḡrisidagi memorandum imzolandi.

N.А. Dobrolyubov nomidagi Nijniynovgorod davlat tilşunoslik universiteti (NDTU) Ōzbekiston Respublikasining Surxondaryo viloyatidagi Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti (DTPI) bilan hamkorlikda Rus tili va madaniyati markazini oçdi. Markazning oçiliş marosimi universitet delegatsiyasining Ōzbekistonga taşrifi doirasida bōlib ōtdi.

Delegatsiya tarkibiga quyidagilar kirgan: NDTU Rus tili instituti direktori Kristina Golubeva, NDTU Şarqşunoslik markazi direktori va xalqaro jurnalistika kafedrasi dotsenti Eraj Boev hamda rus tilini xorijiy til sifatida ōqitiş metodikasi bōyiça mutaxassis NDTU ōqituvçisi Natalya Gujova.

Nijniynovgorod viloyati xalqaro va mintaqalararo aloqalar vaziri Olga Gusevaning taʼkidlaşiça, Ōzbekiston kōp yillardan buyon viloyatning muhim hamkorlaridan biri bōlib, u bilan savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda ōzaro foydali hamkorlik izçil rivojlanib bormoqda.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan “Rossiya va Şarq taʼlim tizimida rus tili: muammolar va istiqbollar” (“Русский язык в сфере образования России и Востока: проблемы и перспективы”) mavzusida taşkil etilgan V-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ōz işini boşladi. Anjumanda xorijiy va mahaliiy oliy taʼlim muassasalari professor-ōqituvçilari iştirok etişmoqda.

Pedagogika fakulteti Boşlanḡiç taʼlim metodikasi kafedrasi mudiri p.f.f.d (PhD) R.V.Salomova ayni kunlarda Turkiya davlatida safarda bōlib turibdi. Turkiyaning maşhur IKSAD instituti, Duzce, Selcuk universitetlariga taşrif buyurib, keng doiradagi uçraşuvlar va xalqaro konferensiyalarda iştirok etmoqda.

Xalqaro hamkorlik doirasida Turkiyaning Firat universitetiga taşrif buyurgan Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti delegatsiyasi tomonidan samarali uçraşuvlar ōtkazilmoqda. Taşrif davomida institutimiz professor-ōqituvçilari Firat universiteti dekanati hamda turli kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanişdi. Uçraşuvlar çoḡida ikki oliy taʼlim muassasasi ōrtasida taʼlim, ilm-fan va akademik almaşinuv yōnalişlarida istiqbolli hamkorlik rejasi işlab çiqildi.

Qatar oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yōlga qōyiladi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev ayni kunlarda Afḡoniston davlatida bōlib, mamlakatdagi oliy ōquv yurtlari, xususan, Kobul şahrida faoliyat kōsatayotgan Salam universiteti, Rano universiteti, Afghan universitetlari va qator taşkilot va ōquv maskanlari rahbarlari bilan ikki yoqlama şartnoma imzoladi.
Surxondaryo va Novosibirsk ōzaro hamkorlik aloqalarini yangi darajada rivojlantirmoqda