TAʼLIM GRANTI TANLOVI UÇUN ARIZA TOPŞIRIŞ
Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy taʼlim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi tōḡrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlaş tartibi belgilangan.
Taʼlim granti tanlovida 2024/2025 ōquv yilida bakalavriat taʼlim yōnalişlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan birinçi kurs talabalari iştirok etişi mumkin.
Taʼlim grantiga talabgorlar uşbu havola (https://forms.gle/Fjs5pdxwFRASJcuc9) orqali ariza topşirişlari lozim.
Taʼlim grantiga talabgorlardan joriy ōquv yilida ōzlaştiriş bōyiça GPA kōrsatkiçi 3,5 va undan yuqori bōlişi talab etiladi.
Onlayn rōyxatdan ōtiş joriy yilning 10-avgustgaça (şu kuni ham) davom etadi.
Rōyxatdan ōtmagan yoki 10-avgustdan keyin murojaat qilgan, şuningdek, ijtimoiy-raḡbatlantiruvçi grant sohibi bōlgan talabalar taʼlim granti tanlovida iştirok eta olmaydi.
Savollar yoki rōyxatdan ōtişda muammolar bōlsa Registrator ofisiga murojaat qilişingiz mumkin.