STIPENDIYALAR

Universitetda stipendiya tayinlaş ōquv yilida ikki marotaba ōtkaziladi va stipendiya avvalgi semestr yakuniy nazorat natijalari eʼlon qilinganidan sōng, rektorning buyruḡi bilan har bir ōquv semestri oyining birinçi kunidan boşlab tayinlanadi va tōlanadi.
Davlat granti asosidataʼlim olayotgan, ōquv semestri uçun ōzlaştiriş natijalari bōyiça uzrsiz sabablarga kōra akademik qarzi (bir yoki undan ortiq fanlar bōyiça 55 foizdan kam reytingga) bōlgan talabalar keyingi ōquv semestri oyining birinçi kunidan boşlab stipendiya oliş huquqidan mahrum qilinadi. Belgilangan tartibda akademik qarzini bartaraf etgan (tegişli fanlar bōyiça 55 va undan ortiq foiz tōplagan) va fanlardan ōzlaştiriş kōrsatkiçlarining 30 foizdan kam qismi «qoniqarli» baho (reyting kōrsatkiçi 71 balldan kam) bōlgan talabalarga stipendiya akademik qarzni bartaraf etiş muddati tugaganidan keyingi oyning birinçi kunidan boşlab, stipendiyaning bazaviy miqdorida keyingi ōquv semestriga qadar tayinlanadi.
Stipendiyali tōlov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalarga ōquv semestri yakuni bōyiça fanlardan ōzlaştiriş kōrsatkiçlaridan qatʼi nazar bazaviy miqdordagi stipendiya tayinlanadi va tōlanadi.

Universitetda bugungi kundagi stipendiyalar miqdori

T/rStatusOylik stipendiya miqdori
1Bazaviy stipendiya517 880
2“Aʼloçi” (+20%)621 456
3“Nogiron” (+50%)776 820
4Doktorantura6 320 400
5Tayanç doktorantura4 946 840
6Stajer-tadqiqotçi4 379 200

ŌZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI VA NOMLI DAVLAT STIPENDIYALARI