Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida akademik mobillik

Akademik mobillik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida amalga oshiriladi.

Akademik mobillik quyidagi maqsadlarda tashkil etiladi:

  • talabalarga yetakchi ilmiy maktablar shakllangan oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish imkoniyatini yaratish;
  • talabalarning bilim sifati va rivojlanish darajasini oshirish;
  • talabalarning boshqa hududda tahsil olish zaruratini inobatga olgan holda ta’lim olish imkoniyatini yaratish;
  • xorijiy va mahalliy ta’lim tizimlari yutuqlari hamda tajribalari bilan tanishish;
  • mutaxassislik bo‘yicha amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash;
  • oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish;
  • ta’limning integratsiyalashuvi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Asosiy qoidalar

  • Muddati: oliy ta’lim tashkilotlari kelishuviga asosan kamida bir semestr yoki ko‘pi bilan ikki semestr.
  • Asos: oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’lim kelishuvi va rektor buyrug‘i.
  • Saralash: talabalarning qobiliyati, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari — GPA hamda qabul qiluvchi oliy ta’lim tashkilotining moddiy-texnik imkoniyatlari inobatga olinadi.
Muhim cheklovlar: Akademik mobillik dasturida 1-kursning 1-semestri, bitiruvchi kursning so‘nggi semestri hamda kursdan-kursga qolgan talabalar ishtirok etishi mumkin emas.

Kreditlarni tan olish va moliyalashtirish

Talaba akademik mobillik davrida ayrim fanlarni o‘zlashtira olmagan taqdirda, yuboruvchi oliy ta’lim tashkiloti rektori ruxsati bilan ushbu fanlarni o‘z institutida pulli asosda o‘zlashtirishi mumkin. Kontrakt, stipendiya va boshqa to‘lovlar oliy ta’lim tashkilotlari o‘rtasida imzolangan shartnomada belgilangan shartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ariza topshirish uchun talab etiladigan ma’lumotlar

Talaba kuzgi va bahorgi semestr yakunida elektron shaklda rektor nomiga ariza bilan murojaat qilishi lozim. Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

T/r Talab qilinadigan ma’lumotlar
1 Talabaning F.I.Sh., fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, bosqichi va guruhi
2 Safardan maqsad va boriladigan oliy ta’lim tashkiloti
3 Safarga borish muddati
4 Xarajatlarni moliyalashtirish manbalari

Murojaat uchun forma