TEST SINOVLARI FANLARI

Test sinovi topşiriladigan fanlar bōyiça test topşiriqlar soni va baholaş mezonlari.


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli buyruḡi bilan respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yōnalişlariga mos test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, test topşiriqlari soni hamda baholaş mezonlari tasdiqlandi (mezonlar ōtgan yilgi qabuldek qoldirildi).

Barça test topşiruvçilar uçun majburiy 3 ta fan:
🔸 Ona tili (ōzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
🔹 Matematika x 10 ta;
♦️ Ōzbekiston tarixi x 10 ta;
✔️30 ta savol uçun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️Bakalavriat taʼlim yōnalişiga mos bōlgan 2 ta fan:
➡️1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩Umumiy 2024/2025-ōquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bōyiça jami 90 ta test topşiriḡi beriladi. Bunda tōplaş mumkin bōlgan maksimal ball – 189 ballni taşkil etadi.

‼️Yangilangan fanlar majmuasi tasdiqlandi. Ōzgarişlar bor


2024/2025-ōquv yili uçun bakalavriat taʼlim yōnalişlari maqbullaştirilib, ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topşiriladigan fanlar majmuasi qayta tasdiqlandi (https://t.me/BaholashUz/6659). 5-iyundan boşlangan qabulda faqat fanlar majmuasi tanlanyapti xolos. Bunday vaziyatda kōplab abituriyentlardan “men falon fanlarni tanlasam, bu kelgusida qaysi yōnalişlarga tōḡri keladi?”, degan savollar kelib tuşmoqda. Buni biliş uçun yuqoridagi faylda kōrsatilgan fanlar majmuasi bilan tanişib çiqing. Avvalgi fanlar majmuasida 573 ta yōnaliş mavjud edi. Yangisida 198 ta yōnaliş rōyxati tasdiqlangan. Demak, maqbullaştiriş natijasida 375 ta yōnaliş yoki birlaştirilgan, yoki qisqartirilgan.

Fanlar majmuasi 2024/2025-ōquv yili uçun

Powered By EmbedPress