Pedagogika fakulteti
Kafedralar
Talabalar soni
Yo‘nalishlar soni
Mutaxasisliklar
Umumiy ma’lumotlar
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti haqida
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarkibidagi Pedagogika fakulteti mamlakatimizda ta’lim sohasi uchun yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan muhim tarkibiy tuzilmalardan biri hisoblanadi.
Mazkur fakultet 2020-yildan o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, institut tashkil etilgan davrdanoq uning asosiy bo‘g‘inlaridan biri sifatida shakllantirildi.
Tashkil etilishining huquqiy asoslari
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, shu jumladan uning tarkibidagi Pedagogika fakulteti quyidagi muhim davlat hujjatlari asosida tashkil etilgan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil 17-apreldagi PQ–4681-son qarori
(“Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020-yil 17-apreldagi 242-son qarori
(“Denov tadbirkorlik va pedagogika institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”)
Ushbu qarorlarga muvofiq, institut Termiz davlat universitetining Denov filiali negizida tashkil etildi va 2020–2021 o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshladi.
Fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
fakultet tarkibiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarida sifatli kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonini tashkil etish;
fakultetda oʻquv, metodik, tarbiyaviy va ilmiy ishlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha uning tarkibiga kiruvchi kafedralar faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
fakultetning mahalliy va xorijiy korxonalar, tashkilotlar va universitetlar bilan hamkorligini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
marketing xizmati bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini va mehnat bozorini oʻrganish.
Fakultetning funksiyalari
Fakultet oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
fakultetning istiqbolli va yillik ish rejalarini ishlab chiqish, ularni oliy taʼlim tashkiloti ish rejalari bilan muvofiqlashtirish;
oliy taʼlim davlat taʼlim standartlari, malaka talablari va oʻquv rejalari asosida taʼlim jarayonini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
fakultetda oʻquv, uslubiy, ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy va hamkorlik ishlariga rahbarlik qilish;
fakultet va uning tarkibidagi kafedralar va boshqa tuzilmalarning shtatlarini shakllantirishda ishtirok etish;
oʻquv darslari, mustaqil taʼlim va talabalar amaliyotini oʻz vaqtida oʻtkazilishini tashkil qilish va nazoratini olib borish;
taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamli taʼlim muhitini taʼminlash;
fakultetdagi taʼlim sifatini ichki monitoring qilish, uni tahlil qilish va fakultet kengashida muhokama qilish;
“HEMIS” tizimiga fakultet boʻyicha belgilangan maʼlumotlarni kiritilishini nazorat qilish;
talabalarni toʻliq yoki toʻliq boʻlmagan taʼlim granti oʻrinlarini qayta taqsimotida ishtirok etish;
talabalarning oʻzlashtirish koʻrsatkichlarini tahlil qilish;
oraliq va yakuniy nazoratlarni tashkil etish;
oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarga shart-sharoitlar yaratib berishga koʻmaklashish;
Davlat imtihon komissiyasi tarkibi boʻyicha takliflar kiritish va ularning ishlarini tashkil etish;
oliy taʼlim tashkiloti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori tomonidan tasdiqlanadigan attestatsiya jadvalini tayyorlashda va oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkazishda ishtirok etish;
talabalarning bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish va davlat attestatsiyasida qatnashishlarini tashkil etish;
fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari boʻyicha darslik, oʻquv va uslubiy qoʻllanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
taʼlim dasturlarini akkreditatsiya qilish va xalqaro reytinglarga kirish jarayonida ishtirok etish;
kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va bitiruvchilarning ishga joylashish jarayonini monitoring qilish;
talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
talabalarning ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, ularga tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish;
iqtidorli talabalarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishiga tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni tashkil etish;
fakultetdagi talabalar kengashlari faoliyati uchun sharoit yaratish;
tayanch doktorant, doktorant, mustaqil izlanuvchilar orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni tashkil etish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
talabalar va professor-oʻqituvchilarning mahalliy va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarida ishtirokini tashkil etish, shu jumladan fakultetda shunga oʻxshash tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazishda yordam berish;
fakultet darajasidagi ilmiy jurnallar va nashrlarini tashkil etish;
fakultet tarkibidagi kafedralar bilan hamkorlikda taʼlim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirish, byudjetdan tashqari mablagʻlarni topish va ulardan oʻquv maqsadlarida foydalanish;
fanlar boʻyicha axborot-resurs bazani kengaytirish choralarini koʻrish;
talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va hamda foydali mehnat bilan shugʻullanishlarini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni oʻtkazish;
oʻquv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qilish;
fakultet talabalari va xodimlarining darsdan tashqari va xordiq chiqarish faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va oʻtkazish (davra suhbatlari, keyslar, maʼruzalar, seminarlar, ilmiy toʻgaraklar, sayyor tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa tadbirlar);
talabalar va xodimlarga moddiy yordam koʻrsatish va moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha bildirishnomalar taqdim etish;
oʻquv jarayonining har bir potensial va haqiqiy ishtirokchisi, shu jumladan abituriyentlar, talabalar, ularning ota-onalari, davlat hokimiyati organlari, jamoat tashkilotlari, ish beruvchilar, hamkor oliy taʼlim tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manfaatdor muassasalar bilan aloqalarni taʼminlash;
oliy taʼlim tashkilotining hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni bajarish.
Fakultetning huquq va majburiyatlari
Fakultet quyidagi huquqlarga ega:
fakultet faoliyatiga muvofiq oʻquv jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot faoliyati va boshqa masalalar boʻyicha oliy taʼlim tashkiloti tarkibiy boʻlinmalaridan maʼlumotlarni soʻrash;
fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarda ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
eng yaxshi oʻqituvchilarning ish tajribasini oʻrganish, umumlashtirish, tarqatish;
fakultet faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha huquqlar doirasida xizmat yozishmalarini olib borish;
oliy taʼlim tashkiloti rektori va oliy taʼlim tashkiloti Kengashiga oʻquv rejalari, oʻquv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
stipendiya tayinlash, moddiy yordam koʻrsatish va fakultet talabalarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari, imtixonlar va testlarni nazorat qilish;
fakultet ishining barcha masalalari boʻyicha talabalar va oʻqituvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish;
oliy taʼlim tashkiloti Kengashiga talabalarni individual dars rejasiga oʻtkazish boʻyicha takliflarni taqdim etish;
fakultet Kengashi, talabalar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlarini tasdiqlash;
fakultet dekani oʻrinbosarlariga, fakultetning boshqa xodimlariga nomzodlar toʻgʻrisida takliflar kiritish;
fakultet ishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha fakultet manfaatlarini ifoda etish;
fakultetdagi boʻsh lavozimlarni toʻldirishda belgilangan tartibga rioya etilishini taʼminlash;
oliy taʼlim tashkiloti Kengashi, oʻquv-uslubiy, ilmiy-texnik kengashlari, fakultet Kengashi, fakultet kafedralari, Davlat attestatsiya (imtihon) komissiyalari majlislarida ishtirok etish;
oʻz vakolatlari doirasida fakultetning barcha boʻlinmalari, professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalari bajarishi majburiy boʻlgan farmoyishlar chiqarish;
oliy taʼlim tashkiloti rahbariyatiga fakultet faoliyati va fakultet xodimlarini ish natijalari boʻyicha ragʻbatlantirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish.
5.2. Fakultet majburiyatlari:
fakultet xodimlari lavozim tavsiflariga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, oliy taʼlim tashkiloti Nizomiga va oliy taʼlim tashkiloti rektorining buyruqlariga rioya etilishini taʼminlash;
davlat taʼlim standartlari va akkreditatsiya talablariga muvofiq ravishda oʻquv reja va dasturlarni ishlab chiqish, dars jarayonini yuqori sifatda tashkil etish;
ilmiy loyihalar va tadqiqot ishlarini tashkil etish, professor-oʻqituvchilar hamda talabalarning ilmiy faolligini ragʻbatlantirish;
talabalarda yuksak axloq, vatanparvarlik va fuqarolik masʼuliyatini shakllantirishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil qilish;
oliy taʼlim tashkiloti Nizomiga muvofiq ravishda fakultet faoliyatini rejalashtirish, muvofiqlashtirish va ichki nazoratni amalga oshirish;
malakali kadrlar tayyorlash, amaliy tajriba va stajirovka jarayonlarini tashkil etish maqsadida korxona, tashkilot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
mehnat intizomiga, yongʻin va texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish.
Hamkorlik aloqalari
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan funksiyalarni, vazifalarni bajarish va huquqlarni amalga oshirish uchun fakultet oliy taʼlim tashkilotining barcha tarkibiy boʻlinmalari bilan fakultet faoliyatini amalga oshirishga doir masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qiladi.
Fakultet respublika va xorijiy ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, taʼlim muassasalari bilan fakultet profili va fakultet faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha hamkorlik qiladi.
SALOMOVA RA'NO VASSIYEVNA
Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori
Qabul kunlari: Dushanba, Chorshanba – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 88 847 03 31
Elektron pochta: r.salomova@dtpi.uz
O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DEKAN O‘RINBOSARI
BOLLIYEV SHAMSIDDIN TURSUNMAMATOVICH
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 99 335 15 51
Elektron pochta: shamsiddinbolliyev@gmail.com
YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA DEKAN O‘RINBOSARI
RAVSHANQULOVA RISOLAT ABDUJABBOROVNA
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 88 288 00 63
Elektron pochta: risolatravshanqulova65@gmail.com
FAKULTET TYUTORI
JURAYEV A’ZAMJON MAMADALIYEVICH
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 91 228 88 84
Elektron pochta: azamjonjuraev507@gmail.com
FAKULTET TYUTORI
QURBONAZAROV OLIMJON DJUMAKULOVICH
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 90 908 89 05
Elektron pochta:
FAKULTET TYUTORI
XUDOYKULOV AKBAR ADASHOVICH
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 91 580 04 22
Elektron pochta: akbarxudoykulov12011986@gmail.com
FAKULTET TYUTORI
BOYMURODOV DAVRONBEK O’LMASOVICH
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 91 906 85 95
Elektron pochta: barnoxonmuzaffarova67@gmail.com
FAKULTET TYUTORI
SALAMOV RAVSHANBEK MURODULLO O’G’LI
Qabul kunlari: Har kuni – 09:00 dan 16:30 gacha
Telefon raqami: +998 97 244 44 66
Elektron pochta: ravshanbeksalamov9000@gmail.com