EKOFAOL TALABALAR

Surxondaryo viloyati “EKO ÇORLOV” harakati kengaşi aʼzolari bilan tanişing!

🌱 Bizning olamimiz – ajoyib maskan. Biz odamlar, ōz yerimizga foydadan kōra kōproq zarar yetkazganimizni anglaş juda açinarli holat. Afsuski, har yili atrof-muhitning holati yanada yomonlaşmoqda. Biz şunçaki qarab tura olmaymiz. Har birimizning hissamiz, tabiat uçun qilgan har bir harakatimiz barqaror atrof-muhitga erişiş yōlida muhim ōrin tutadi. Faqatgina birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz va aniq amallarimiz bilan uşbu maqsadga erişişimiz mumkin.

⚡️ “EKO ÇORLOV” loyihasi ham ona tabiatimizni asrab-avaylaş, yoşlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltiriş, ekovolontyorlar, tabiatni sevuvçilar, mehr beruvçilar safini kengaytirişni ōz oldiga maqsad qilib olgan.

🌍 Unutmaylik, har birimiz tabiatning bir bōlagimiz. U bizga omonatdir.
🌿 Tabiatni asraş – burçimiz!
♻️ Atrof-muhit muammolari va ekologik yangiliklar
📢 Fikr bildiring, muhokama qiling, yeçim taklif qiling!
Bizning manzil:
http://t.me/ekochorlov

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Eko faol talabalar” taşabbusi bilan 1-sonli talabalik turar joyida boş yerlardan unumli foydalaniş va hududda ekologik madaniyatni yanada oşirişga qaratilgan amaliy taşabbus amalga oşirildi. Mazkur loyiha doirasida talabalar tomonidan yer maydonlari obodonlaştirilib, kuzgi poliz ekinlari ekildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalarda tabiatga mehr, yer resurslaridan oqilona foydalaniş, atrof-muhitni asraş bōyiça masʼuliyatni şakllantiriş, şuningdek, TTJ hududining yanada kōrkam va samarali bōlişiga hissa qōşişdir. Uşbu taşabbus nafaqat ekologik muhitni yaxşilaş, balki talabalarni mehnatga, jamoaviy hamkorlikka va ijtimoiy faollikka çorlovçi muhim qadam bōldi.

“Eko faol talabalar ” loyihasi doirasida amalga oşirilgan uşbu işlar institutda ekologik madaniyatni rivojlantiriş hamda yaşil makonlarni kengaytirişga qaratilgan izçil faoliyatning amaliy kōrinişidir.

🗣“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boşlanadi!”

🌱Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoşlar ittifoqi boşlanḡiç taşkiloti koordinatorlari mazkur şior ostida taşkil etilgan umumxalq xayriya haşarida faol iştirok etdilar.

Manba: Surxon yoşlari | Yoşlar ittifoqi telegram kanali

🌏 Tabiatni asraş har birimizning kunlik masʼuliyatimizdir.

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Yoşlar ittifoqi faol aʼzosi tomonidan “Tabiat ummumiy uyimiz” Ekologiya oyligi doirasida 112-FTI guruh talabasi Alimardonova Gulsevar Sirojiddinovna tomonidan ijtimoiy videorolik tayyorlandi.