INSTITUT HAQIDA
Respublikamizning janubiy çegaralarida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini yangi bosqiçga kōtariş, yoşlarning ilḡor pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda taʼlim olişi uçun qōşimça imkoniyatlar yaratiş, viloyatda tadbirkorlik anʼanalarini ilmiy izlanişlar va innovatsion faoliyat bilan uyḡunlikda rivojlantiriş maqsadida faoliyatini taʼminlaş hamda Ōzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ijrosini taʼminlaş. Ōzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-apreldagi “Surxondaryo viloyatida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş tizimini kengaytiriş va yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari tōḡrisida”gi PQ-4681-son qarori asosida taşkil etilgan. Mazkur qarorda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantiriş istiqbollari va ustuvor vazifalarini hisobga olgan holda tadbirkorlik va boşqaruv, pedagogika va aniq fanlar hamda boşqa sohalar bōyiça milliy va xalqaro standartlarga muvofiq yuqori malakali kadrlarni sifatli tayyorlaş kōzda tutilgan. tadbirkorlikni rivojlantirişning zamonaviy tendentsiyalari, mehnat bozori ehtiyojlaridan kelib çiqqan holda, ehtiyoj yuqori bōlgan tarmoqlar uçun qōşma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlaş; malakali mutaxassislarni xorijiy yetakçi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda, zamonaviy bilim va kōnikmalarga ega yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaş jarayoniga ilḡor taʼlim texnologiyalarini, jumladan, masofaviy taʼlim usullarini joriy etiş, joriy etiş bōyiça respublika va xorijiy yetakçi oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qiliş; fan, işlab çiqariş va amaliyot oldida turgan dolzarb vazifalarni hal etişga qaratilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oşirişda, ijtimoiy soha tarmoqlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş kurslarini taşkil etişda ōquv va ilmiy loyihalarni amalga oşirişda; soha va iqtisodiyotning yuqori malakali professor-ōqituvçilari va mutaxassislarini jalb etgan holda, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning ōta zarur tarmoqlari uçun malaka oşiriş kurslarini ōtkaziş, institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini muntazam ravişda oşiriş faoliyatimizning asosiy vazifalari hisoblanadi. istiqbolli yoşlarni taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga magistratura va doktoranturaga yuboriş. Ōtgan davr mobaynida 8 ta taʼlim yōnalişi bōyiça ōz faoliyatini boşlagan Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida bugungi kunda 2025/2026 ōquv yilida 26 ta taʼlim yōnalişi bōyiça ōquv jarayonlari olib borilmoqda. Ilmiy salohiyat 14 foizdan 32 foizga oşib, bu borada xalqaro va respublika reytinglarida munosib ōrin egalladi. Bugungi kunda Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida turli sohalarni qamrab olgan 18 ta yōnaliş mavjud bōlib, turli millatlar tillarini ōrganişga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, talabalar 10 ga yaqin çet tili, jumladan, ingliz, rus, xitoy, arab, italyan, nemis, şuningdek, koreys tillarini ikkinçi çet tili sifatida ōrganmoqda.