TALABALARNI ŌQIŞINI KŌÇIRIŞ, QAYTA TIKLAŞ VA ŌQIŞDAN ÇETLAŞTIRIŞ

Oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga va magistraturasiga qabul qiliş tartiblari bilan Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori Oliy taʼlim muassasalariga ōqişga qabul qiliş, talabalar ōqişini kōçiriş, qayta tiklaş va ōqişdan çetlaştiriş tartibi tōḡrisida NIZOM» ga muvofiq amalga oşiriladi.

Ōzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini kōçiriş, qayta tiklaş va ōqişdan çetlaştiriş tartibi tōḡrisidagi nizomga muvofiq amalga oşiriladi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini kōçiriş va qayta tiklaşning umumiy qoidalari.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş (keyingi ōrinlarda Talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş deb ataladi)da oliy taʼlimning mos va turdoş taʼlim yōnalişlarini (mutaxassisliklarini) belgilaş quyidagi mezonlarga asoslanadi:
taʼlim yōnalişlarining (mutaxassisliklarining) nomlanişi bir xil bōlganda bunday taʼlim yōnalişlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi;

oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş uçun ōqişga kirişda sinov ōtkaziladigan fanlari tarkibi va taʼlim sohasi hamda ōqiş muddati bir xil bōlganda bunday taʼlim yōnalişlari (mutaxassisliklari) turdoş deb hisoblanadi.
Talabalar ōqişini kōçiriş yoki qayta tiklaş quyidagilarning:

oliy taʼlim muassasalari;

tasarrufida oliy taʼlim muassasalari bōlgan vazirliklar va idoralar;

Ōzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga qabul qiliş bōyiça Davlat komissiyasi qoşidagi Talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş idoralararo komissiyasi (keyingi ōrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oşiriladi.
Idoralararo komissiya Ōzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga ōqişga qabul qiliş bōyiça Davlat komissiyasi (keyingi ōrinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) tomonidan taşkil etiladi. Uning tarkibiga tasarrufida oliy taʼlim muassasalari bōlgan vazirliklar va idoralar vakillari kiritiladi.

Idoralararo komissiyaning raisi va masʼul kotibi Davlat komissiyasi qarori bilan tayinlanadi.
Idoralararo komissiya “Ōzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga ōqişga qabul qiliş Davlat komissiyasi qoşidagi Talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş idoralararo komissiyasi tōḡrisida nizom” asosida faoliyat yuritadi.
Bir oliy taʼlim muassasasi doirasida oliy taʼlimning mos va turdoş yōnalişlari (mutaxassisliklari) bōyiça talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş (qayta tiklaş — talabalar safidan çetlaştirilganligiga 5 yilgaça bōlgan muddatda) şu oliy taʼlim muassasasi rektorining buyruḡi asosida amalga oşiriladi.

Quyidagi hollarda talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş talabani qabul qilayotgan oliy taʼlim muassasasi bōysunadigan vazirlik (idora) qarori asosida amalga oşiriladi:
oliy taʼlimning mos va turdoş yōnalişlari (mutaxassisliklari) bōyiça bir vazirlik (idora) doirasida boşqa oliy taʼlim muassasasiga;
oliy taʼlimning mos va turdoş yōnalişlari (mutaxassisliklari) bōyiça turli vazirlik (idora) doirasida bir oliy taʼlim muassasasidan boşqa oliy taʼlim muassasasiga;

talabalar safidan çetlaştirilganligiga 5 yildan 10 yilgaça muddat ōtganda.
Quyidagi hollarda talabalar ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş Idoralararo komissiya qarori bilan amalga oşiriladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bōlgan oliy taʼlim muassasalaridan Ōzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga;

talabalar safidan çetlaştirilganligiga 10 yildan ortiq vaqt ōtgan bōlsa;
bir oliy taʼlim muassasasi doirasida yoki bir vazirlik (idora) va turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalariga oliy taʼlimning turdoş bōlmagan yōnalişlariga (mutaxassisliklariga).
Quyidagi holatlar fuqaroning ōqişini kōçiriş va qayta tiklaş haqidagi arizasiga rad javobini berilişiga asos bōladi:

xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bōlmagan oliy taʼlim muassasalarida yoki ularning filiallarida ōqiganlarga;

respublika oliy taʼlim muassasalaridagi mavjud taʼlim şaklidan ōzga (boşqa) taʼlim şaklida ōqiganlarga;

oliy taʼlim muassasalarining markazlari, bōlimlari, ōquv-maslahat punktlari va boşqalarda ōqiganlarga;

birinçi kursning birinçi semestriga birinçi semestr tugallanmagan holatda (talabaga kasallik tufayli akademik taʼtil berilgan holatlar bundan istisno);

oliy taʼlim muassasasida mos (turdoş) taʼlim yōnalişi (mutaxassisligi) yoki taʼlim şakli mavjud bōlmasa;

namunaviy ōquv rejalaridagi umumkasbiy va ixtisoslik (mutaxassislik) fanlari bōyiça farqlar 4 tadan oşganda;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilganlar to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;

talabaning şaxsiy yiḡma jildi (akademik maʼlumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;

oliy taʼlim muassasasiga davlat granti asosida kōçiriş va qayta tiklaş davlat granti asosida taʼlim oluvçilar soni (qabul kvotalari) doirasida bōş ōrinlar mavjud bōlmasa;

qonunçilikda belgilangan boşqa holatlarda.
Oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini kōçiriş.

Oliy taʼlim muassasalari talabalarining ōqişini kōçiriş (keyingi ōrinlarda Talabalar ōqişini kōçiriş deb ataladi) bōyiça arizalarni topşiriş va kōrib çiqiş quyidagiça amalga oşiriladi:

ōqişini kōçiriş bōyiça arizalarni taqdim etiş — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oşiriladi;

arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tegişli vazirlik (idora) yoki Idoralararo komissiya tomonidan kōrib çiqib, qaror qabul qiliş — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oşiriladi.

Talabalar ōqişini kōçiriş uzrli sabablarga kōra (bir hududdan ikkinçi hududga doimiy yaşaş uçun yoki turmuşga çiqiş munosabati bilan kōçib ōtganda, turmuş ōrtoḡi yoki ota-onasi harbiy xizmat ōtaş joyini ōzgartirganda, yoxud ota-onasi (turmuş ōrtoḡi) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda ōquv maşḡulotlari boşlanişidan oldin ham amalga oşirilişi mumkin. Bunda:

ōqişini kōçiriş bōyiça ariza topşiriş — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;

ōqişini kōçiriş bōyiça arizani kōrib çiqib, qaror qabul qiliş — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oşiriladi.

Ōqişini kōçiriş istagini bildirgan fuqaro quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kōçiriş (qayta tiklaş)ni istagan taʼlim yōnalişi (mutaxassisligi), ōquv tili va şakli kōrsatilgan holdagi ariza (arizada ōqigan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yōnalişi (mutaxassisligi), kōçiriş (qayta tiklaş) sabablari, kōçiriş (qayta tiklaş) qoidalari bilan tanişganligi kōrsatiladi);

talabaning reyting daftarçasi yoki belgilangan şakldagi akademik maʼlumotnoma nusxalari;

pasportning nusxasi.

Ōqişning barça şakllari bōyiça oliy taʼlimning mos va turdoş yōnalişlari (mutaxassisligi) bōyiça davlat grantlari ōrinlariga kōçirişga faqat davlat grantlari asosida tahsil olgan talabalar arizasiga kōra oliy taʼlim muassasalarida tegişli ōquv yilidagi qabul qiliş kvotalarida belgilangan davlat grantlarining soni doirasida ruxsat etiladi.
Boşqa hollarda ōqişni kōçiriş tōlov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.
Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan ōqişini Ōzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga kōçiriş va kōçirib qayta tiklaş istagini bildirgan fuqarolar tasarrufida oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarda taşkil qilingan komissiyalarda ōzlari taʼlim olgan xorijiy oliy taʼlim muassasasidagi ōqitiş tili bōyiça muayyan taʼlim yōnalişidagi ōqişga kiriş fanlari bōyiça maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) (turmuş ōrtoḡi yoki ota-onasi xorijiy davlatdagi davlat xizmatini ōtaş joyi Taşqi işlar vazirligi (vakolatli idoralar) tomonidan Ōzbekiston Respublikasiga ōtkazilgan, Hukumat qarorlari va topşiriqlari hamda oliy taʼlim muassasalariga ega vazirlik va idoralar tomonidan davlat buyurtmasi bilan xorijga ōqişga yuborilganlar bundan mustasno) topşiradi.
Fuqaroning maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) natijasi Idoralararo komissiyaga taqdim etiladi. Maxsus sinov (komissiya tomonidan belgilangan test yoki yozma iş şaklida) natijasidan kelib çiqib, fuqaro Idoralararo komissiya qarori bilan kōrsatilgan ōquv şaklidagi guruhlarga kōçiriladi

Oliy taʼlim muassasalari talabalari ōqişini qayta tiklaş.
Oliy taʼlim muassasalari talabalarining ōqişini qayta tiklaş (keyingi ōrinlarda Talabalar ōqişini qayta tiklaş deb ataladi) bōyiça arizalarni topşiriş va kōrib çiqiş bir yilda ikki marta amalga oşiriladi:

ōqişini kuzgi semestrga qayta tiklaş bōyiça ariza topşiriş — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar;

ōqişini bahorgi semestrga qayta tiklaş bōyiça ariza topşiriş — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar davom etadi.
Qayta tiklaş bōyiça arizalarni oliy taʼlim muassasasi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari bōlgan vazirlik (idora) tomonidan kōrib çiqib qaror qabul qiliş:

kuzgi semestrga qayta tiklaş uçun — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar;
bahorgi semestrga qayta tiklaş uçun — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oşiriladi.

Talabalar safidan çetlaştirilgan fuqarolar ōqişini boşqa oliy taʼlim muassasasiga mos (turdoş) taʼlim yōnalişi (mutaxassisligi)ga kōçirib tiklaş tōḡrisida ariza beriş huquqiga ega. Bunda arizaga ōqişni kōçiriş tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi.
Oliy taʼlim muassasalari talabalarini ōqişdan çetlaştiriş.
Talaba oliy taʼlim muassasasidan quyidagi hollarda çetlaştirilişi mumkin:

  1. ōz xohişiga binoan;
  2. ōqişning boşqa taʼlim muassasasiga kōçirilişi munosabati bilan;
  3. salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
  4. ōquv intizomini va oliy taʼlim muassasasining içki tartib-qoidalarini buzganligi uçun;
  5. bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
  6. ōqiş uçun belgilangan tōlov ōz vaqtida amalga oşirilmaganligi sababli (tōlov-kontrakt bōyiça tahsil olayotganlar uçun);
  7. talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
  8. vafot etganligi sababli.

Harbiy xizmatni ōtaş, salomatligini tiklaş, homiladorlik va tuḡiş, şuningdek bolalarni parvariş qiliş taʼtillari davrida talabaga Oliy va ōrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartib asosida akademik taʼtil berilişi mumkin.
Belgilangan muddatlarda fanlarni ōzlaştira olmagan (akademik qarzdor bōlgan) talaba oliy taʼlim muassasasi rektori buyruḡi bilan kursdan qoldiriladi.
Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba tōlov-kontrakt asosida ōqişini quyi kursdagi ōquv semestri boşidan boşlaşi mumkin.