Yoşlar ōrtasida giyohvandlik vositalari bilan boḡliq jinoyatlarning oldini oliş

30/07/2026

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasi butun dunyoda bōlgani kabi, Ōzbekistonda ham jamoat xavfsizligi, aholi salomatligi hamda yoşlar kelajagiga jiddiy tahdid soluvçi muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoşlarning mazkur illat taʼsiriga tuşib qolişi nafaqat ularning soḡliḡiga, balki jamiyat barqarorligi va mamlakat taraqqiyotiga ham salbiy taʼsir kōrsatadi.

Sōnggi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalari bilan boḡliq jinoyatlarning oldini oliş, ularning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş hamda aholi, ayniqsa yoşlar ōrtasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirişga qaratilgan keng kōlamli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Ōzbekiston Respublikasining “Ōzbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasi uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan qōşimça va ōzgartirişlar kiritiş tōḡisida”gi 2026 yil 11 iyun kunidagi qonuni bilan jinoyat kodeksiga ōzgartirişlar kiritilgan bōlib, uşbu toifadagi jinoyatlarga jazo çoralari ham kuçaytirildi.

Ōzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan boḡliq jinoyatlar uçun jinoiy javobgarlik belgilangan. Qonunçilikda uşbu moddalarni noqonuniy tayyorlaş, saqlaş, taşiş, ōtkaziş va sotiş kabi harakatlar uçun oḡir jazo çoralari nazarda tutilgan.

 Bu esa jamiyatni uşbu xavfli jinoyatlardan muhofaza qilişga xizmat qiladi. Yoşlarni giyohvandlikka jalb etişning asosiy omillari sifatida huquqiy bilimning yetarli emasligi, salbiy muhit, internet orqali tarqatilayotgan noqonuniy takliflar, yengil daromad topiş istagi hamda nosoḡlom turmuş tarzi qayd etiladi.

Şu bois profilaktika işlarini taʼlim muassasalari, mahalla, oila va huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida muntazam taşkil etiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Profilaktikaning samarali usullari quyidagilardan iborat:
yoşlar ōrtasida huquqiy tarḡibot işlarini kuçaytiriş;

giyohvandlikning tibbiy va huquqiy oqibatlari haqida doimiy tuşuntiriş işlarini olib boriş;

sport, ilm-fan va madaniy tadbirlarga yoşlarni keng jalb qiliş;
internet orqali tarqatilayotgan noqonuniy giyohvandlik tarḡibotiga qarşi kuraşiş;

ota-onalar va pedagoglarning masʼuliyatini oşiriş.

Xulosa qilib aytganda, giyohvandlik vositalari bilan boḡliq jinoyatlarning oldini oliş faqat huquqni muhofaza qiluvçi organlarning emas, balki butun jamiyatning umumiy vazifasidir. Yoşlarni vatanparvarlik, qonunga hurmat va soḡlom turmuş tarzi ruhida tarbiyalaş orqali uşbu illatning oldini oliş mumkin. Har bir fuqaro qonunlarga rioya qilişi va giyohvandlikka qarşi kuraşda faol iştirok etişi jamiyat xavfsizligini taʼminlaşning muhim omili hisoblanadi.

 

 

Jinoyat işlari bōyiça

Denov tuman sudining sudyasi                                         B.M.Diyorov