Insonning hayoti va soḡliḡini muhofaza qiliş davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ōzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir şaxsning yaşaş va soḡliḡini muhofaza qiliş huquqini kafolatlaydi. Şu bois inson soḡliḡiga qarşi qaratilgan jinoyatlar, ayniqsa qasddan badanga oḡir şikast yetkaziş bilan boḡliq qilmişlar jinoyat qonunçiligida alohida muhofaza obyekti sifatida belgilangan.
Bunday jinoyatlar nafaqat jabrlanuvçining soḡliḡiga, balki uning mehnat qiliş qobiliyati, hayot sifati hamda jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga ham salbiy taʼsir kōrsatadi.
Qasddan badanga oḡir şikast yetkaziş aybdor şaxsning qasd bilan boşqa şaxsning soḡliḡiga oḡir darajada zarar yetkazişi hisoblanadi.
Bunday şikastlar natijasida jabrlanuvçining hayoti xavf ostida qolişi, kōriş, eşitiş yoki boşqa aʼzolarining funksiyalari yōqolişi, ruhiy kasallik yuzaga kelişi, mehnat qobiliyatining sezilarli darajada yōqolişi yoki boşqa oḡir oqibatlar kelib çiqişi mumkin.
Bu turdagi jinoyatlar Ōzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida jinoiy javobgarlikka sabab bōladigan qilmişlar sifatida belgilangan.
Xususan Ōzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasida mazkur toifadagi işlari işlar bōyiça jazo turlari kōrsatib ōtilgan.
Uşbu jinoyatning obyekti insonning soḡliḡi hisoblanadi. Obyektiv tomoni esa oḡir tan jarohati yetkazişga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik hamda kelib çiqqan oqibat va ular ōrtasidagi sababiy boḡlaniş bilan tavsiflanadi.
Subyektiv tomondan uşbu jinoyat tōḡri yoki egri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor ōz harakatining xavfli xususiyatini anglaydi va oḡir şikast yetkaziş oqibati yuz berişini xohlaydi yoki bunga ongli ravişda yōl qōyadi.
Amaliyotda qasddan badanga oḡir şikast yetkaziş jinoyatlarining kelib çiqişiga quyidagi omillar sabab bōladi:
-oilaviy nizolar va maişiy kelişmovçiliklar;
-spirtli içimliklar yoki giyohvand moddalar taʼsirida bōliş;
-şaxsiy adovat va ōç oliş istagi;
-bezorilik va tajovuzkor xulq-atvor;
-huquqiy madaniyatning pastligi hamda nizolarni tinç yōl bilan hal qiliş kōnikmasining yetarli emasligi.
Mazkur turdagi jinoyatlarning oldini oliş uçun quyidagi çoralarni amalga oşiriş muhim hisoblanadi:
aholi ōrtasida huquqiy tarḡibot işlarini kuçaytiriş;
oilaviy nizolarni erta aniqlaş va profilaktik çoralar kōriş;
yoşlar ōrtasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltiriş;
spirtli içimliklar hamda giyohvand moddalar isteʼmolining oldini oliş;
huquqni muhofaza qiluvçi organlar, mahalla va taʼlim muassasalarining ōzaro hamkorligini kuçaytiriş.
Qasddan badanga oḡir şikast yetkaziş bilan boḡliq jinoyatlar inson soḡliḡi va hayotiga jiddiy xavf tuḡdiradigan ijtimoiy xavfli qilmişlardir. Ularning oldini olişda faqat jinoiy jazo çoralari emas, balki huquqiy tarbiya, profilaktika, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş ham muhim ahamiyatga ega. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va har bir fuqaroning hamkorligi orqali mazkur turdagi jinoyatlarning kamayişiga erişiş mumkin.
Surxondaryo viloyat sudi
Jinoyat işlari bōyiça
Sudlov hayʼati sudyasi S.B.Bōtayev