Termiz davlat pedagogika instituti talabalari “Zakovat” intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
31/07/2026
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan talaba-yoshlar hamda harbiy xizmatchilar o‘rtasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi.
🎓 Mazkur musobaqada Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari institut sharafini munosib himoya qilib, o‘zlarining bilim, mantiqiy fikrlash va jamoaviy hamkorlik borasidagi yuqori salohiyatini namoyon etdilar.
🏆 Qizg‘in bahs va munozaralarga boy ruhda o‘tgan musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti jamoasi; 🥈 2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi; 🥉 3-o‘rin — Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti jamoasi.
👏Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
🎉 Talabalarimizniushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklaymiz va muvaffaqiyatlar tilaymiz!