Yaqindan tanişdilar

12/01/2026

📌 Denov tuman 2-son ixtisoslaştirilgan maktab-internati 7-“T” sinf ōquvçilari Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida faoliyat yuritayotgan “Karʼyera markazi” faoliyati bilan yaqindan tanişdilar.

🔷 Taşrif davomida ōquvçilarga Institut rektori Ruziyev Oybek Abdumōminoviç boşçiligida “Karʼyera markazi”ning imkoniyatlari, yoşlar uçun yaratilgan şaroitlar hamda kelajakda kasb tanlaşdagi ahamiyati haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

🖇 Bundan taşqari, markazda tikuvçilik, pazandaçilik va turli hunarlarni ōrganiş imkoniyatlari mavjud bōlib, ōquvçilarning ōz bilim, qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantiriş hamda ularni tijoratlaştiriş uçun keng şart-şaroitlar yaratilgan.

🖌 Bu kabi tadbirlar ōquvçilarning kelajak kasbini ongli ravişda tanlaşi, ōz ustida işlaşi va maqsadli yōlni belgilaşida muhim ahamiyat kasb etadi.