Professor-ōqituvçilarimiz Turkiyada malaka oşirmoqdalar.
12/01/2026
Xabar berganimizdek, institutimizning 15 nafar malakali professor-ōqituvçilari Turkiyaning nufuzli Fırat universitetiga (Elazığ şahri) tajriba almaşiş va malaka oşiriş maqsadida yetib borişgan edi.
✅ Safar tafsilotlari: • Guruh aʼzolari universitetning Eğitim Fakültesi (Taʼlim fakulteti) dekani bilan uçraşib, kelgusidagi ilmiy va pedagogik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. • Reja asosida dars maşḡulotlari va seminar-treninglar boşlandi. Ōqituvçilarimiz zamonaviy taʼlim metodikalari hamda xalqaro tajribalarni ōrganişmoqda. • Safar doirasida mazkur oliygohda talaba almaşinuvi dasturi asosida tahsil olayotgan 4 nafar talabamiz bilan ham uçraşuv taşkil etildi. Ularning ōqiş va yaşaş şaroitlari ōrganildi.
✈️ Malaka oşiriş jarayonlari davom etmoqda. Safar tafsilotlarini kanalimizda kuzatib boring!