Hamkorlik

10/01/2026

British Council bilan hamkorlik. Britaniya Kengaşining taklifiga binoan va institut rektorining buyruḡiga asosan, 2026-yil 6-7 yanvar kunlari institutimizning 3 nafar xodimi (V.Tangriyev, D.Toḡaymurodov, I.Soatov) Toşkent şahrida ōtkazilgan PRESETT dasturi bōyiça Milliy forumda iştirok etib qaytdilar.

Xizmat safari davomida xodimlar ingliz tili ōqituvçilarini tayyorlaş dasturlarini takomillaştiriş bōyiça xalqaro ekspertlar treninglarida qatnaşdilar va kerakli ōquv-uslubiy materiallarni olib keldilar. Olingan bilim va kōnikmalar asosida yanvar oyi oxiriga qadar institutda içki seminar ōtkazilişi rejalaştirildi.