YANGI YIL OQŞOMI: YIL SARHISOBI VA TALABALAR UÇUN BAYRAM KONSERTI

24/12/2025

⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Yangi yil bayrami munosabati bilan barça talabalar, professor-ōqituvçilar hamda xodimlar iştirokida bayramona konsert dasturi bōlib ōtdi.

📌 Tadbirda institut rektori O. Ruziyev, Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar bōyiça birinçi prorektor A. Mengliboyev, fakultet dekanlari, institut xodimlari hamda talabalar faol iştirok etdilar.

🖇 Bayram dasturi doirasida qiziqarli va mazmunli çiqişlar namoyiş etilib, iştirokçilarga kōtarinki kayfiyat ulaşildi. Tadbir yakunida “Yilning eng yaxşi kafedra mudiri” tanlovi ḡoliblari eʼtirof etildi. Şuningdek, yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi tanlovlarda munosib ōrinlarni egallagan iqtidorli yoşlar taşakkurnomalar va esdalik sovḡalari bilan taqdirlandilar.