Giyohvandlikning oldini oliş hamda uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişning huquqiy asoslari

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasi hamda uyuşgan jinoyatçilik jamiyat xavfsizligi, fuqarolarning hayoti va soḡliḡiga jiddiy tahdid soluvçi ijtimoiy xavfli hodisalardan hisoblanadi. Uşbu jinoyatlar davlatning huquqiy tartibotiga, iqtisodiy barqarorligiga va milliy xavfsizligiga salbiy taʼsir kōrsatadi.
Amaldagi qonunçilikka muvofiq, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi jinoyat hisoblanib, uşbu sohada sodir etiladigan huquqbuzarliklar uçun qatʼiy javobgarlik belgilangan. Ōzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlar, jumladan, giyohvandlik vositalarini tayyorlaş, saqlaş, taşiş, ōtkaziş va ularni tarqatiş bilan şuḡullanuvçi uyuşgan jinoiy guruhlar faoliyati uçun oḡir jazo çoralarining nazarda tutilişi bunga yaqqol misol bōla oladi.
Giyohvandlikning oldini oliş borasida davlat tomonidan profilaktik çora-tadbirlarni amalga oşiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, aholining huquqiy ongini oşiriş, yoşlar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş, giyohvandlik vositalarining huquqiy va ijtimoiy oqibatlari tōḡrisida tuşuntiriş işlarini olib boriş uşbu yōnalişdagi muhim vazifalardan hisoblanadi.
Profilaktika tadbirlarining samarali taşkil etilişi jinoyat sodir etilişining oldini olişga xizmat qiladi.
Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning muvofiqlaştirilgan faoliyati alohida ahamiyatga ega. Tezkor-qidiruv tadbirlarini ōz vaqtida va qonuniy asosda amalga oşiriş, jinoyatlarni foş etiş hamda aybdor şaxslarni muqarrar javobgarlikka tortiş orqali jinoiy guruhlar faoliyatiga barham beriladi. Şu bilan birga, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş transmilliy giyohvandlik jinoyatlariga qarşi kuraşişda muhim omil hisoblanadi.
Giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlarning oldini olişda profilaktik çoralar muhim ahamiyat kasb etadi. Profilaktika, avvalo, aholining huquqiy ongini oşiriş, yoşlar ōrtasida soḡlom turmuş tarzini tarḡib qiliş hamda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari tōḡrisida muntazam tuşuntiriş işlarini olib borişni nazarda tutadi. Uşbu jarayonda taʼlim muassasalari, mahalla institutlari, huquqni muhofaza qiluvçi organlar va jamoat taşkilotlarining ōzaro hamkorligi alohida ahamiyatga ega.
Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşişda esa davlat organlari faoliyatining muvofiqlaştirilgan holda olib borilişi zarur. Çunki giyohvandlik bilan şuḡullanuvçi uyuşgan jinoiy guruhlar kōpinça transmilliy xarakterga ega bōlib, ularning faoliyati murakkab va yaşirin şakllarda amalga oşiriladi. Şu sababli tezkor-qidiruv faoliyati, moliyaviy monitoring, axborot almaşinuvi va xalqaro hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalaniş muhim hisoblanadi.
Sud amaliyotida giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlarni kōrib çiqişda adolat, qonuniylik va individual yondaşuv tamoyillariga qatʼiy rioya etilişi talab etiladi. Jinoyat sodir etgan şaxsning aybi, harakatining ijtimoiy xavflilik darajasi, yetkazilgan zarar miqdori hamda jinoyatning uyuşgan şaklda sodir etilganligi holatlari sud tomonidan çuqur tahlil qilinişi lozim. Ayniqsa, voyaga yetmaganlarni giyohvandlikka jalb qiliş yoki jinoyatni takroran sodir etiş holatlari oḡirlaştiruvçi omil sifatida baholanadi.
Giyohvandlikning oldini oliş va uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş davlat siyosatining ustuvor yōnalişlaridan biri bōlib, bu borada kompleks va tizimli yondaşuv talab etiladi. Huquqiy mexanizmlarni takomillaştiriş, sud va huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatining samaradorligini oşiriş, şuningdek, jamiyatning barça qatlamlarini uşbu jarayonga faol jalb etiş orqali mazkur salbiy illatga qarşi kuraşda ijobiy natijalarga erişiş mumkin.
Bugungi globallaşuv şaroitida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi kōpinça bir davlat hududi bilan çeklanib qolmay, bir neça mamlakatlar manfaatlariga daxldor bōlgan uyuşgan jinoyatçilik şaklida namoyon bōlmoqda. Şu bois mazkur jinoyatlarga qarşi kuraşişda xalqaro huquq normalari va davlatlararo hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalaniş alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, xalqaro konvensiyalar, ikki va kōp tomonlama şartnomalar asosida axborot almaşiş, jinoyatçilarni ekstradisiya qiliş hamda qōşma tezkor tadbirlarni amalga oşiriş giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlarning oldini olişda muhim omil hisoblanadi.
Sud amaliyotida xalqaro element mavjud bōlgan işlarni kōrib çiqişda milliy qonunçilik bilan bir qatorda xalqaro majburiyatlarning ustuvorligi ham inobatga olinadi. Bunda dalillarni tōplaş va baholaş, prosessual huquqlarni taʼminlaş, şaxsning aybsizlik prezumpsiyasi hamda adolatli sudlov tamoyillariga qatʼiy rioya etilişi şart. Aks holda, çiqarilgan sud qarorlari bekor qilinişi yoki yuqori instansiya tomonidan ōzgartirilişi ehtimoli yuzaga keladi.
Giyohvandlik bilan boḡliq jinoyatlar jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslariga, aholining soḡliḡiga hamda davlat xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi. Ayniqsa, uyuşgan jinoiy guruhlar tomonidan sodir etiladigan bunday jinoyatlar iqtisodiy barqarorlikka putur yetkazib, korrupsiya va boşqa oḡir jinoyatlarning kelib çiqişiga zamin yaratadi. Şu sababli qonunçilikda mazkur toifadagi jinoyatlar uçun qatʼiy jinoiy javobgarlik belgilangan bōlib, ularning oḡir yoki ōta oḡir jinoyatlar sirasiga kiritilişi bejiz emas.
Sudlar tomonidan giyohvandlik jinoyatlariga huquqiy baho berişda jinoyatning maqsadi, kōlami, sodir etiliş usuli hamda jinoyatda iştirok etgan şaxslarning roli alohida tahlil qilinadi. Uyuşgan guruh tarkibida harakat qilgan şaxslar, giyohvandlik vositalarini tarqatiş bilan muntazam şuḡullangan şaxslar yoki uşbu faoliyatdan daromad olişni kōzlaganlar nisbatan oḡirroq javobgarlikka tortilişi sud amaliyotida mustahkam ōrin egallagan.
Jinoyat işlari bo’yiça
Denov tuman sudining raisi S.B.Bōtayev