⚡️ Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 2025-yil dekabr oyiga baḡişlangan fakultet kengaşi yiḡilişi bōlib ōtdi. Yiḡilişda institut rahbariyati, fakultet dekani, dekan ōrinbosarlari hamda professor-ōqituvçilar faol iştirok etdi.
📌 Kun tartibidan fakultetning ōquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati bilan boḡliq masalalar ōrin oldi. Jumladan, fanlarni ōqitiş sifatini yanada oşiriş, professor-ōqituvçilarning ilmiy faolligini kuçaytiriş, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy loyihalarda iştirok etiş hamda talabalar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy işlar samaradorligini yaxşilaş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Şuningdek, semestr yakunlari, talabalarning ōzlaştiriş kōrsatkiçlari va kelgusi rejalar yuzasidan masʼul şaxslarga topşiriqlar berildi.