Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi muhokama qilindi
19/08/2026
🏢 Bugun, Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish, talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida zarur shart-sharoitlarni yaratish va tarbiyaviy ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida institut birinchi prorektori Akmal Mengliboyev boshchiligida dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda komendantlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
📌 Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilini yuqori tashkiliy darajada boshlash, talabalar uchun ta’lim olishi va yashashi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.