🌟 ARM xodimi To‘ramurod Rahmonov xalqaro miqyosda munosib e’tirof etildi
Gruziyaning poytaxti — Tbilisi shahrida “RENESSANS” ijtimoiy matbuot markazi tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiyada shoir va jurnalist To‘ramurod Rahmonovning ijodiy ishlari g‘olib deb topildi.
🏅 Shu munosabat bilan u “Do‘stlik dovrug‘i” ko‘krak nishoni hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
📖 Quvonarlisi, To‘ramurod Rahmonovning ijod namunalari ingliz tiliga tarjima qilinib, alohida kitob holida nashr etildi. Bu esa ijodkorning qalamga olgan ezgu g‘oyalari va badiiy salohiyati xalqaro miqyosda ham yuksak baholanayotganidan dalolatdir.