Shtab o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda

18/08/2026

🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, ularni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha shtab o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda.

📌 Shtab tomonidan talabalarning turar joyga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, mavjud imkoniyatlar asosida ularni TTJ va ijara xonadonlariga joylashtirish, murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur amaliy yordam ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda.

🤝 Talabalar uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish, ularning murojaatlarini tezkor hal etish hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olishga ko‘maklashish shtab faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.