YANA BIR ILMIY YUTUQ!

23/04/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Kimyo va kimyoviy texnologiyalar kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti Ruziboyeva Go‘zal Sultonaliyevna hamda ilmiy rahbari, professor Toʻrayev Hayit Xudoynazarov bilan hamkorlikda tayyorlangan “A trinuclear oxo-bridged cobalt(II) coordination cluster with 1,3,4-thiadiazole-2,5-diamine: Crystal structure, structural characterization and antimicrobial activity” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasida indekslangan nufuzli Inorganic Chemistry Communications (Q1) jurnalida muvaffaqiyatli chop etildi.

Mazkur ilmiy natija institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi hamda yosh olimlarning xalqaro ilmiy hamjamiyatdagi faolligi ortib borayotganining yana bir yorqin ifodasidir.

Institut jamoasi nomidan Ruziboyeva Go‘zal Sultonaliyevnani ushbu muhim ilmiy yutug‘i bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusidagi ilmiy faoliyatida yuksak natijalar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.