🏛 Bugun Tadbirkorlik va boşqaruv fakultetida “Beş muhim taşabbus” doirasida talaba-yoşlar orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, ularning mutolaaga bōlgan qiziqişini oşiriş maqsadida “Kitobxon talaba” tanlovining final bosqiçi yuqori saviyada taşkil etildi.
⚡️ Tanlovning saralaş bosqiçida ḡoliblikni qōlga kiritgan 14 nafar iştirokçi finalda ōz bilim va salohiyatlarini ikki şart — tezkor savol-javob hamda badiiy asar şarhi orqali namoyon etdilar.
📖 Iştirokçilar tanlagan asarlari yuzasidan teran badiiy muşohada yuritib, ōz fikr va xulosalarini erkin ifoda etdilar.
🏆 Hakamlar hayʼati xulosasiga kōra quyidagi talabalar ḡolib deb topildi: 🥇-ōrin Mukambar Jōraqulova, 🥈-ōrin Ziyoda Omonova, 🥉ōrin Iroda Hamroyeva.
🏅 Tadbir yakunida eng faol va bilimdon iştirokçilar aniqlanib, fakultet dekani M.Toşboboyev tomonidan “Тaşakkurnoma” hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Şuningdek, barça qatnaşçilar kitoblar bilan raḡbatlantirildi.