Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: yuqori kurslar kafedrasi o‘qituvchisi Xudayqulov Behzod Abbosovich Samarqand davlat chet tillar instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida 0.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Italyan va o‘zbek tillarida frazeologizmlarning semantik va lingvokulturologik tahlili (son komponentli iboralar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Institut jamoasi nomidan Xudayqulov Behzod Abbosovichni ushbu yuksak ilmiy yutuq bilan chin dildan tabriklab, mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida bardavom muvaffaqiyatlar va yangi yutuqlar tilaymiz.