⚡️ Filologiya fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz-tili) yo‘nalishi talabasi O‘rolova Mavluda Aspire Institute tomonidan tashkil etilgan, Harvard Business School professorlari hamkorligida ishlab chiqilgan Aspire Leaders Program xalqaro dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, xalqaro sertifikatga sazovor bo‘ldi.
Dastur Tarun Khanna — Harvard Business School professori, shuningdek Harvard University huzuridagi South Asia Institute sobiq direktori hamda Karim Lakhani — Harvard Business School professori, Digital, Data & Design (D³) Institute rahbari va innovatsiya bo‘yicha yetakchi mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan. 9-hafta davom etgan ushbu dastur yetakchilik, tanqidiy fikrlash va samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.