“Boysun bahori” xalqaro folklor festivalida DTPI vakillari ham faol ishtirok etishmoqda
01/05/2026
📌 Surxondaryo viloyatida milliy madaniyat va boy folklor merosimizni keng targ‘ib etishga qaratilgan yirik madaniy tadbir — “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali bugundan boshlandi.
🔷 Mazkur festival doirasida yurtimizning noyob an’analari, xalq og‘zaki ijodi namunalari, milliy o‘yinlar va hunarmandchilik san’ati keng namoyish etiladi. Shu bilan birga, festival hududning turizm salohiyatini oshirish, Boysunni xalqaro miqyosdagi folklor markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qiladi.