📅 “Taskin” markazi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatida gender asosidagi zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha integratsiyalashgan loyihani amalga oshirmoqda.
📌 Loyihaning muhim tarkibiy qismi sifatida DTPI huzurida “Taskin 404” platformasi orqali tadbirkorlik va psixologik maslahat xizmatlari ko‘rsatish markazi tashkil etilmoqda. Mazkur muassasa loyiha yakunlangandan so‘ng ham ushbu xizmatlarni davom ettirish majburiyatini olgan.
✨ Bugun loyiha doirasida “Taskin” markazi loyiha menedjeri O.Yazdanqulova hamda DTPI rektori O.A.Ruziyev bilan hamkorlik memorandum imzolandi. Ushbu hujjat kelgusida ta’lim muassasalari orqali barqaror xizmatlar ko‘rsatish va innovatsion yondashuvlarni joriy etishga zamin yaratadi.
🌟 Ushbu tashabbus gender tenglikni ta’minlash, zo‘ravonlikdan holi jamiyat barpo etish hamda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.