Xotira va qadrlaş kuni

11/05/2026

🏛 Joriy yilning 8-may kuni Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida institut kasaba uyuşma qōmitasi taşabbusi bilan “9-may — Xotira va qadrlaş kuni” munosabati bilan professor-ōqituvçilar hamda xodimlar ōrtasida sportning voleybol turi bōyiça anʼanaviy xotira turniri taşkil etildi.

🖋 Musobaqa dōstlik, hamjihatlik va soḡlom turmuş tarzini tarḡib etiş ruhida ōtdi. Turnirda qizḡin va murosasiz bahslar kuzatildi.

🏆 Turnir yakunlariga kōra quyidagi natijalar qayd etildi:

👨‍🦱 Erkaklar ōrtasida:
🥇 1-ōrin — Maʼnaviyat bōlimi jamoasiga,
🥈 2-ōrin — Tadbirkorlik va boşqaruv fakulteti jamoasiga,
🥉 3-ōrin — Rektorat jamoasiga,

👩 Ayollar ōrtasida:
🥇 1-ōrin — Maʼnaviyat bōlimi jamoasiga,
🥈 2-ōrin — Filologiya fakulteti jamoasiga,
🥉 3-ōrin — Pedagogika fakulteti jamoasiga nasib etdi.

🎉 Musobaqa sōngida ḡolib jamoalar institut kasaba uyuşma qōmitasi tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovḡalar bilan taqdirlandi.