Hurmatli yurtdoşlar, aziz ustozlar, qadrli faxriylar va talaba-yoşlar!
🇺🇿 9-may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan barçangizni çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bu muqaddas sana — Vatan ozodligi va xalqimiz tinçligi yōlida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini yod etiş, bugungi osoyişta hayotimiz uçun fidokorona mehnat qilgan faxriylarimizga çuqur hurmat bajo keltiriş kunidir.
🇺🇿 Bugun mamlakatimizda 1999-yildan buyon Xotira va qadrlaş kuni keng nişonlanib kelinmoqda. Bu sana Ikkinçi jahon uruşida qatnaşgan, yurtimiz ravnaqi va xalqimiz farovonligi yōlida fidokorona xizmat qilgan insonlarni eʼzozlaş, ularning jasorati va matonatini yod etiş ramzidir.
Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari hamda front ortida maşaqqatli mehnat qilgan otaxon va onaxonlarimizning sabr-toqati, jasorati va fidoyiligi bugungi yoş avlod uçun buyuk namuna bōlib xizmat qiladi.
🏛 Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi nomidan barça uruş va mehnat faxriylariga çuqur hurmat va ezgu tilaklarimizni bildiramiz.
🕊 Yurtimiz osmoni doimo musaffo, xalqimiz tinç va farovon bōlsin!
Şuningdek, oilamiz va mamlakatimizning taraqqiyoti uçun munosib xizmat qōşib kelayotgan barça insonlarni qadrlaşimiz kerak. Bizning va yaqinlaringizni baxtiga soḡ-omon bōlingizlar.
“Ota-onangizni asrang, qarindoş va dōstlaringizni yōqlab turing, bir yaxşi sōzni ayamang. Çunki hayot ōtkinçi, vaqt esa qaytmaydi.”
Hurmat bilan, O.A. Ruziyev Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori