⚽️ O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashi tomonidan “9-may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan kasaba uyushmalari faxriysi Musurmonqul Onorov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan an’anaviy futbol turnirida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilaridan iborat futbol jamoasi munosib ishtirok etdi.
🏟 Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy o‘tgan musobaqada jamoamiz faxrli 2-o‘rinni egallab, diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.
⚡️ Shuningdek, terma jamoamiz sardori Bobur Mamarajabov turnirning “Eng yaxshi futbolchisi” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.
🏆 Kuni kecha institut rahbariyati tomonidan sovrindorlar safidan joy olgan jamoamiz a’zolarining yutuqlari e’tirof etilib, ularga samimiy minnatdorlik bildirildi.
👏 Jamoamizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ularga ulkan zafarlar tilaymiz!