Xalqaro hamkorlik doirasida interaktiv dars tashkil etildi

25/09/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda talabalarning xorijiy mutaxassislar bilan tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda.



Navbatdagi tadbir doirasida Janubiy Afrika Respublikasidan tashrif buyurgan ingliz tili o‘qituvchisi Bridget Seduwa tomonidan institut talabalari uchun maxsus mahorat darsi tashkil etildi.

Mashg‘ulot jarayonida «English as a Language of International Communication» mavzusida qiziqarli taqdimot namoyish qilinib, xalqaro muloqot tili sifatida ingliz tilining ahamiyati, uni o‘rganish va samarali qo‘llash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Dars interaktiv va qizg‘in muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga xorijiy mutaxassisdan batafsil javoblar olib, erkin muloqot qilish, fikr almashish va mavzu yuzasidan o‘z qarashlarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Bunday uchrashuvlar talabalarning xorijiy til bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, xalqaro muloqot muhitida o‘z fikrini erkin ifoda etish qobiliyatini shakllantirish hamda ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etish va talabalar uchun zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini yaratishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.