Ijarada istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

25/09/2026
⚡️ Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori O.Ruziyev “Buyuk kelajak” MFY hududidagi ko‘p qavatli xonadonlarda ijarada istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.



🔹 Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari, institut psixologlari, profilaktika inspektorlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, ta’lim jarayonidagi ishtiroki hamda ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi.

🔸 Bildirilgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng talabalarning ijarada istiqomat qilayotgan xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning yashash sharoitlari, xavfsizligi va maishiy qulayliklari ko‘zdan kechirildi. Mazkur uchrashuv talabalarning murojaat va takliflarini bevosita o‘rganish, ularning munosib yashashi hamda ta’lim olishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashga qaratildi.