“Dekan kubogi” — şaxmat musobaqasi

25/09/2026

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakultetida 1 – oktyabr Ōqituvçi va murabbiylar kuniga baḡişlab, sportning şaxmat turi bōyiça “Dekan kubogi” musobaqasi taşkil etildi.

Mazkur musobaqa Samarqand şahrida ōtkazilayotgan şaxmat bōyiça nufuzli musobaqalar bilan uyḡun tarzda taşkil etilib, şaxmat sportiga bōlgan eʼtibor va qiziqişni yanada oşirişga qaratildi.

Musobaqada fakultet professor-ōqituvçilari hamda talaba-yoşlar faol iştirok etib, ōzlarining şaxmat bōyiça bilim va mahoratlarini namoyiş etdilar.

Qizḡin va murosasiz keçgan bahslarda iştirokçilar ōzaro tajriba almaşib, sportdagi faolliklarini namoyon etdilar.
Tadbir yakunida ḡolib va faol iştirokçilar munosib taqdirlandi.