VOLEYBOL: DTPI JAMOASI HUDUDIY BOSQICHDA 2-O‘RINNI EGALLADI!

12/11/2026

📅 11-noyabr kuni Termiz shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talaba oʻgʻil bolalar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha hududiy bosqich musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

🏆 Murosasiz va qiziqarli kechgan bahslar yakunida jamoalar quyidagi o‘rinlarni egalladilar:

🥇 1-o‘rin — Termiz davlat universiteti
🥈 2-o‘rin — Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
🥉 3-o‘rin — Termiz davlat pedagogika instituti

👏 DTPI voleybol jamoasini munosib natija bilan samimiy tabriklaymiz! Sportchilarimizga kelgusi musobaqalarda ham omad va yangi g‘alabalar tilaymiz!