REKTOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI: SAYYOR QABUL BO‘LIB O‘TDI

12/11/2026

🙂 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida talaba-yoshlarning murojaatlari, taklif va tashabbuslarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish maqsadida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
▶️ Sayyor qabul davomida institut rektori O.Ruziyev hamda mas’ul prorektorlar talaba-yoshlar, institut xodimlari va ota-onalar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning ta’lim jarayoni, talabalar turar joyi, ijtimoiy-maishiy sharoitlar, yoshlar tashabbuslari hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlarini tingladi.
Uchrashuv davomida bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan mas’ul rahbar va mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar talaba-yoshlarning fikr va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ta’lim muassasasida samarali muloqot muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.

🚨 Yoshlar bilan muloqot — taraqqiyot sari muhim qadam!