“YIL TALABASI – 2026” RESPUBLIKA TANLOVINING INSTITUT BOSQICHIGA MARHAMAT!
14/11/2026
🎓 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Yil talabasi – 2026” respublika tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tadi! 👨🎓 Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin? Tanlovda bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin.
❗️Muhim: Oldingi yillarda tanlovning respublika bosqichida 1-, 2- yoki 3-o‘rinni egallagan talabalar 3 yil davomida tanlovda qayta ishtirok eta olmaydi.
🏅 TANLOV NOMINATSIYALARI: ✅ Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi; ✅ Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi; ✅ Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi; ✅ Yilning eng faol sportchi talabasi; ✅ Yilning eng faol iqtidorli talabasi; ✅ Yilning eng faol ijodkor talabasi; ✅ Yilning eng faol tadbirkor talabasi (faqat xotin-qizlar uchun).
📅 Tanlov o‘tkaziladigan vaqt va manzil: 🗓 Sana: 2026-yil 17-noyabr, seshanba ⏰ Vaqt: 09:00 🏛 Manzil: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, Sh. Rashidov binosi (Denov tumani), 207-xona.
📂 TANLOV UCHUN TALAB ETILADIGAN HUJJATLAR: Reyting daftarchasidan ko‘chirma; Jamoatchilik va ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi faollikni tasdiqlovchi hujjatlar; Turli tanlov va loyihalardagi ishtiroki hamda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlar; Ilmiy va ijodiy ishlar ro‘yxati hamda ularning nusxalari; Tegishli fakultet dekanining tavsiyanomasi; Institut bosqichi uchun o‘z faoliyati yuzasidan tayyorlangan taqdimot.
📌 FAKULTET MAS’ULLARI DIQQATIGA! Tanlovning fakultet bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rinni egallagan talabalarning hujjatlar yig‘ma jildi to‘liq shakllantirilib, barcha ma’lumotlar va tasdiqlovchi hujjatlar elektron PDF shaklida Telegram orqali @sattorov_6137 manziliga yuborilishi so‘raladi.