Vazir va arxitektura yōnalişida kadrlar tayyorlovçi oliygohlar rahbarlari iştirokida yiḡiliş bōlib ōtdi

03/02/2026

Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambaḡallikni qisqartiriş va aholi bandligini taʼminlaş bōyiça videoselektor yiḡilişida  belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida arxitektura yōnalişida kadrlar tayyorlovçi oliygohlar rektorlari iştirokida işçi yiḡiliş ōtkazildi.

Yiḡilişda hududlarni kompleks rivojlantirişda zamonaviy master rejalarning ahamiyati, mahallalar bilan işlaş tizimini joriy etiş va talabalarni amaliy jarayonlarga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, 903 ta “oḡir” mahalla bilan işlaşga 18 ta oliygohda tahsil olayotgan 7 mingga yaqin arxitektura yōnalişidagi talabalar jalb etiladi.

Şuningdek, mahalla boş rejalarini işlab çiqiş bōyiça talabalar ōrtasida tanlov eʼlon qilinib, eng yaxşi loyihalarni taqdim etgan jamoalar 100 million sōmgaça mukofotlanadi.

Yiḡiliş yakunida oliygohlar rahbarlariga belgilangan vazifalar doirasida manzilli işlaş bōyiça tegişli kōrsatmalar berildi.