DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XORIJDA IŞ BŌYIÇA MEHNAT YARMARKASI BŌLIB ŌTMOQDA
04/02/2026
⚡️ Ayni vaqtda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorat binosida vaqtinça işsiz bōlgan aholi vakillari, şuningdek bitiruvçi kurs talabalari uçun xorijda işlaş imkoniyatlariga baḡişlangan mehnat yarmarkasi taşkil etildi. Mazkur tadbir xorijiy iş beruvçilar iştirokida ōtkazilmoqda.
🖇 Mehnat yarmarkasi jarayonida institut rahbariyati ham faol iştirok etib, iştirokçilar bilan muloqot olib bormoqda hamda tadbirning samarali va taşkiliy jihatdan yuqori saviyada ōtişini taʼminlamoqda.
📌 Yarmarka doirasida turli davlatlardagi bōş iş ōrinlari taqdim etilib, rasmiy va işonçli iş takliflari yuzasidan maʼlumotlar berilmoqda. Şuningdek, mutaxassislar tomonidan xorijda işlaş tartibi, hujjatlarni rasmiylaştiriş va mehnat şartlari bōyiça batafsil maslahatlar berilmoqda.