Umummilliy loyiha doirasida ekologik seminar bo‘lib o‘tdi

07/10/2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2025 yil 15 maydagi PQ–184-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida Denov tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti raisi I.Yoqubov, DTPI rektori O.Ruziyev, ekologiya sohasi mutaxassislari, viloyat partiya tashkiloti vakillari, viloyat O‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari, mahalliy deputatlar, partiya faollari, professor o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda atrof-muhitni asrash, daraxt ekish madaniyatini keng targ‘ib qilish va ekologik madaniyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Mazkur tadbirlar orqali O‘zbekiston Ekologik partiyasi aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, tabiatga e’tiborli munosabatni shakllantirish va «Yashil makon» umummilliy harakatiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan.