Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining ōquv işlari bōyiça prorektori Primkulov Begali Şeraliyeviç, umumiy kimyo va kimyoviy texnologiya kafedrasi ōqituvçilari Buriyev Sayfutdin Amirqul ōḡli va Mamatov Sherzod Shuxrat o’g’lilarning “Chemical Composition, Physicochemical Properties, and Morphological Characterization of Granules of Ammonium Nitrate Modified by Serpentinite Additive” nomli ilmiy maqolasi Scopus xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasida indekslangan nufuzli ACS OMEGA (Q1) jurnalida muvaffaqiyatli çop etildi.
Mazkur ilmiy natija institutda ilmiy-tadqiqot salohiyati yuksalib borayotgani va professor-ōqituvçilarimizning xalqaro ilm-fan maydonidagi nufuzi ortayotganidan dalolat beradi.
Institut jamoasi nomidan Begali Şeraliyeviç, Sayfutdin Amirqul ōḡli va Şerzod Şuxrat ōḡlini uşbu muhim ilmiy natija bilan samimiy tabriklaymiz. Kelgusidagi ijodiy izlanişlarida yangidan-yangi marralarni zabt etişini tilab qolamiz!