Rektor “Bank ishi va audit” yo‘nalishi talabalari bilan uchrashdi
10/10/2026
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori “Bank ishi va audit” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan talabalarning ta’lim olishi, kasbiy rivojlanishi va kelajakdagi faoliyatiga oid masalalarni muhokama qildi.
Rektor yoshlarga o‘z ustida muntazam ishlash, zamonaviy bilimlarni egallash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Uchrashuvda “Kelajakka qadam” dasturi haqida ham ma’lumot berildi. Talabalarga o‘z biznes g‘oyalarini ishlab chiqish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mustaqil daromad manbaini yaratish imkoniyatlari tushuntirildi.
Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida magistratura bosqichida o‘qish masalalariga e’tibor qaratildi. Jumladan, TOP-300 reytingiga kirgan xorijiy universitetlarda tahsil olish hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Rektor talabalarni nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashga, tashabbuskor bo‘lishga va kelajakdagi kasbiy maqsadlarini aniq belgilashga chaqirdi.
Uchrashuv talabalar uchun o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashish va kelajak rejalari bo‘yicha zarur tavsiyalar olish imkoniyati bo‘ldi.