“Teatr kunlari” loyihasi doirasida madaniy tadbir

15/09/2026

⚡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” forumi doirasida yoshlarning ma’naviy-madaniy saviyasini yuksaltirishga qaratilgan “Teatr kunlari” loyihasi tashkil etildi.

🔰 Loyiha doirasida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida namoyish etilgan spektaklni Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi ham tomosha qildi. Tadbir ishtirokchilari teatr san’atidan bahramand bo‘lib, mazmunli va maroqli madaniy hordiq chiqardilar.



🖇 Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda estetik didini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.