Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari ōrtasida jadidçilik harakati hamda qataḡon qurbonlarining hayoti, faoliyati va ilmiy-maʼrifiy merosini keng tarḡib etiş, tarixiy xotirani asraş va yoşlarning ilmiy-ijodiy salohiyatini qōllab-quvvatlaş maqsadida “Qataḡon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga baḡişlangan ilmiy maqolalar, yozma mulohazalar” tanlovi ōtkaziladi.
TANLOVDA KIMLAR IŞTIROK ETIŞI MUMKIN?
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining bakalavriat taʼlim yōnalişlarida tahsil olayotgan barça talabalar tanlovda iştirok etişlari mumkin.
ILMIY MAQOLAGA QŌYILADIGAN TALABLAR:
🔹 Hajmi — 5–10 bet;
🔹 Şrift — Times New Roman, 14;
🔹 Qator oraliḡi — 1,5 interval;
🔹 Havolalar tegişli manbalar asosida belgilangan tartibda rasmiylaştirilişi;
🔹 Plagiat darajasi 20 foizdan oşmasligi;
🔹 Ilmiy maqola avval naşr etilmagan bōlişi lozim.
YOZMA MULOHAZA (ESSE)GA QŌYILADIGAN TALABLAR:
🔹 Hajmi — 2–4 bet;
🔹 Muallifning mustaqil fikrlari asosida yozilişi;
🔹 Mavzuga tōliq mos bōlişi va mavzudan çetga çiqmasligi;
🔹 Adabiy til meʼyorlariga rioya qilinişi.
IJODIY IŞLARNI QABUL QILIŞ MUDDATI:
🗓 2026-yil 15-sentabrdan 22-sentabrgaça
TALABLAR:
Ilmiy maqola va yozma mulohazalar ōzbek, rus yoki ingliz tillarida, Microsoft Word dasturida, Times New Roman şriftida tayyorlangan hamda ilmiy, texnik va stilistik jihatdan tahrirlangan bōlişi şart.
❗️ Tanlov Nizomi talablariga javob bermaydigan ijodiy işlar qabul qilinmaydi.
📌 Batafsil tanlov Nizomi bilan tanişiş: https://drive.google.com/file/d/1alXNuwNv985MhsZYBDMflVX1dDYtMvAO/view?usp=sharing
📥 Nizom talablari asosida tayyorlangan ilmiy maqola yoki yozma mulohazani (esse) yuboriş: @sattorov_6137
📞 Murojaat uçun:
+998 97 755 07 47
Telegram: @sattorov_6137
Sizning ilmiy maqolangiz yoki yozma mulohazangiz — tarixiy xotirani asraş, ajdodlarimizning boy ilmiy-maʼrifiy merosini ōrganiş va uni kelajak avlodga yetkazişga qōşilgan munosib hissa bōlişi mumkin!