Intellektual bellashuvlarda munosib natijalar

16/09/2026

⚡️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilayotgan “Yagona O‘zbekiston g‘oyasi – yoshlar ongida” forumi doirasida yoshlarning intellektual salohiyati, mantiqiy fikrlashi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida debat va “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.

🖇 Mazkur bellashuvlarda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti jamoasi faol ishtirok etib, munosib natijalarni qayd etdi. Xususan, debat bahslarida 2-o‘rin, “Zakovat” intellektual o‘yinida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.



🔰 Ushbu natijalar institut yoshlarining bilim va salohiyati, shuningdek, intellektual bellashuvlardagi faolligining yorqin ifodasidir.