Surxondaryoning turizm salohiyatini işga solib, yiliga 1 milliard dollarlik tuşum qilsa bōladi
27/02/2026
Viloyatda Al-Hakim at-Termiziy, Sulton Saodat, Kokildor ota, Qirq qiz singari 150 dan ziyod madaniy meros obyekti joylaşgan. Hisor, Boysuntoḡ, Kōhitang, Bobotoḡda alpinizm, trekking, ekoturizm uçun juda katta imkoniyat bor.
Yigirma olti asrlik tarixga ega Eski Termiz yodgorligi tōliq ōrganilmagan. Buddizm madaniyatiga oid Fayoztepa, Qoratepa, Dalvarzin, Zurmala kabi yodgorliklarning turizm salohiyatidan foydalanib, Yaponiya, Koreya, Xitoy, Tailanddan yiliga 500 ming sayyoh jalb qiliş mumkin.
Mutasaddilarga Yaponiya turagentlari bilan turizm marşruti işlab çiqib, muzey, ōzbek-yapon oşxonasi va Yapon boḡi taşkil qiliş bōyiça loyihalarni boşlaş topşirildi.
Polvonlar yurti Surxondaryoda 8 mingdan ortiq yoşlar kuraş bilan doimiy ravişda şuḡullanadi. Joriy yilda Denovdagi “Zamondoş” oromgohi negizida kuraşçilar uçun zamonaviy ōquv-maşḡulot bazasini qurib beriş topşirildi.
Boysundagi maktab-internatda kuraş bilan şuḡullanayotgan yoşlar uçun şu yerning ōzida taʼlim oliş imkoniyatini yaratiş kerakligi qayd etildi. Yangi ōquv yilidan uşbu maktab-internatda sport bilan birga maktab darslari ham yōlga qōyiladi.