Hurmatli DTPI jamoasi, aziz talabalar!

27/02/2026

Joriy yil 24-fevral kuni Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan Kōksaroy qarorgohida yoşlar bilan ōtkazilgan oçiq muloqotda yoşlar siyosatini sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yōnalişlari belgilab berildi.
Mazkur muloqotda yoşlar tadbirkorligini qōllab-quvvatlaş, startap va innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta egallaş uçun şart-şaroitlarni kengaytiriş, volontyorlik harakatini tizimli rivojlantiriş masalalari alohida qayd etildi.
Xususan, yoşlar tadbirkorligini rivojlantiriş, startap va innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş mexanizmlarini kengaytiriş, xorijiy tillar hamda zamonaviy kasblarni çuqur ōrganiş, volontyorlik harakatini qōllab-quvvatlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur taşabbuslar yoşlarimizning raqobatbardoş, bilimli va taşabbuskor bōlib voyaga yetişiga xizmat qiladi.
Belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida institutimizda:
• taʼlim sifatini oşiriş va xalqaro standartlarga moslaştiriş;
• zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etiş;
• nazariya va amaliyot integratsiyasini kuçaytiriş;
• talabalarning taşabbuskorligi hamda ijtimoiy faolligini qōllab-quvvatlaş ustuvor yōnalişlar etib belgilanadi.
DTPI jamoasi mazkur vazifalarni amalga oşirişda faol iştirok etadi.

O.A. Ruziyev, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, DTPI rektori