Davlatimiz rahbari keça Jarqōrḡonda yoşlarni xorijiy til va AT kurslariga ōqitayotgan xususiy ōquv markazi faoliyati bilan tanişdi.

27/02/2026

Birgina mana şu ōquv markazi 8 mingdan ziyod yoşlarni ōqitgan. Mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoşlar taşkil qilişini inobatga olsak, bu kabi ōquv muassasalarini yanada kōpaytiriş kerakligi qayd etildi.

Bunday markazlarni kōpaytiriş uçun joyi, kreditiga kōmaklaşiş, ularning manfaatini himoya qiliş, zamonaviy standartlarni joriy etiş zarur.

Şu maqsadda Ōquv markazlari uyuşmasi taşkil qilinadi. Bu yil uyuşmaga 100 million dollar mablaḡ jalb qilinadi. Uşbu mablaḡlar ōquv markazi taşkil qilmoqçi bōlgan tadbirkorlarga arzon kredit, subsidiya, joy ijarasining kompensatsiyasi uçun yōnaltiriladi.

Yiḡilişda viloyat faollari, yoşlar va nuroniylar bilan muloqot qilindi, hokimlar va mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.