Stipendiya tanlovining saralaş bosqiçi ōtkazilmoqda

29/07/2026
🏢 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida 2026/2027-ōquv yili uçun Ōzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi hamda nomli davlat stipendiyalari tanlovining institut saralaş bosqiçi bōlib ōtmoqda.


📌 Professor-ōqituvçilardan iborat işçi guruh tomonidan talabgor talabalarning Ōzbekiston tarixi fanidan bilimlari baholanmoqda.

✅ Şuningdek, Iqtidorli talabalarning faoliyatini taşkil etiş bōlimi tomonidan Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida iştirok etuvçi talabalar uçun seminar taşkil etildi.

💬 Seminar davomida stipendiya tanlovlarining tartibi, iştirok etiş şartlari hamda ḡoliblar uçun belgilangan raḡbatlantiruvçi imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berildi.