JICA vakillari Denovda istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildi

29/07/2026

🇯🇵 Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Bir mahalla – bir mahsulot” loyihasi rahbari Yuki Kawada xonim hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Rōziyev ōrtasida samimiy va dōstona ruhda uçraşuv bōlib ōtdi.

🤝 Uçraşuv davomida Denov tumanining boy tarixiy-madaniy merosi, xususan, buddaviylik davriga oid qadimiy yodgorliklar yapon delegatsiyasida katta qiziqiş uyḡotdi. Şuningdek, kelgusida Denov tumanida Yaponiya milliy markazini taşkil etiş istiqbollari ham muhokama qilindi.

🌿 Institut olimlari tomonidan lavanda ōsimligini çuqur qayta işlaş yōnalişida amalga oşirilayotgan ilmiy işlanmalar, jumladan, lavandadan yostiqlar hamda efir moyi işlab çiqariş loyihalari taqdim etildi. JICA vakillari uşbu innovatsion taşabbuslarni yuqori baholab, ularni rivojlantiriş imkoniyatlariga alohida qiziqiş bildirdilar.

📚 Şuningdek, uçraşuv doirasida “Surxondaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, jumladan, Afḡoniston fuqarolarining ōzini ōzi band qiliş orqali mintaqada iqtisodiy faollikni raḡbatlantiriş” loyihasi doirasida taşkil etilgan Training of Trainers (ToT) dasturiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur dastur Afḡoniston fuqarolarini ōqitiş taʼlim markazida (ECTAC) Ōzbekiston–Yaponiya Markazi (UJC) mutaxassislari iştirokida boşlandi. Treninglar trenerlar salohiyatini oşiriş, zamonaviy tadbirkorlik va biznes boşqaruvi bōyiça bilim hamda amaliy kōnikmalarni rivojlantirişga qaratilgan.

👨‍🏫 Mazkur ōquv dasturida Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti professor-ōqituvçilari ham faol iştirok etmoqda.

🇺🇳 Loyiha BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP), Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Ōzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oşirilmoqda.

🇺🇿🇯🇵 Uşbu taşabbuslar Ōzbekiston va Yaponiya ōrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş hamda xalqaro tajribani amaliyotga tatbiq etiş yōlidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.